O‘zbekiston iqtisodi Jahon banki ekspertlari fikriga ko‘ra 2016 yilda 7,3 foizlik o‘sishni qayd etadi. Bu esa yanvar oyidagi prognozdan 0,2 foizga pastroq ko‘rsatkich. Shunga qaramasdan, bu MDH va Sharqiy Yevropa mamlakatlari orasidagi nisbatan eng yaxshi ko‘rsatkich ham hisoblanadi.
Jahon bankining «Global iqtisodiy islohotlar» nomli yangi hisobotida Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi vaziyat bu mamlakatlarning neft, metallar qishloq xo‘jalik mahsulotlari narxi arzonlashishiga qanday moslashishidan kelib chiqib prognozlar qilingan.
O‘zbekiston iqtisodi o‘sishi 2017 va 2018 yillarda 7,2 foiz darajasida bo‘lishi prognoz qilingan (yanvar oyidagi prognozlardan 0,5 foizga kam). MDH mamlakatlari orasida eng katta pasayish Turkmaniston ko‘rsatkichlarida kuzatilgan. Tahlilchilar fikriga ko‘ra, Turkmaniston iqtisodiyoti prognozi 4 foizlik natijani qayd etgan. Keyingi 2 yilda bu mamlakat ko‘rsatkichi 8,9 foizdan 5 foizga tushirilgan.
Qozog‘iston iqtisodi o‘sishi joriy yilda 0,5 foizga, Qirg‘iziston iqtisodi 3,4 foizga, Tojikiston iqtisodi 4 foizga, Rossiya iqtisodi 1,2 foizga pasayishi prognoz qilingan.
Jahon iqtisodida joriy yilning ikkinchi yarmi uchun iqtisodiy o‘sish pasayishi 2,4 foizga kamayishi prognoz qilingan.
Bundan tashqari, Jahon banki 2016 yilda neft narxi dunyo bozorida yana tushishini bashorat qilgan. 2017 yilda esa narxlar ko‘tarilishi kutilmoqda. Hisobotga ko‘ra, joriy yilda neftning bir barreli narxi 41 dollarni tashkil qiladi. Yanvarda bu raqam bir barreli uchun 51 dollar sifatida ko‘rsatilgandi. 2017 yil uchun prognozda neftnin 1 barreli uchun o‘rtacha narx 50 dollar bo‘lishi aytilgan.