Uels terma jamoasi bosh murabbiyi Kris Koulmen mutaxassislarning qo‘llaridagi ish qog‘ozlari va sumkalarni suratga tushirishni xush ko‘ruvchi jurnalistlarning "boplab ta'zirini berish"ga qaror qildi.
U mashg‘ulot vaqtida qo‘lida sxemalar chizilgan qog‘ozlarni namoyishkorona ko‘tarib yurdi. Uning bu tuzog‘iga tushgan jurnalistlar olgan suratda esa sxemalarda Pele, Maradona, Benks, Kafu, Karlos Alberto, Bekkenbauer, Mur, Best, Sokrates, Charlton, Ziko kabi futbolchilardan tuzilgan tarkib aks etgandi.
Qayd etish kerakki, bundan oldinroq The Telegraph nashri Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi Rey Levingtonning ehtiyotkorsizligi tufayli "sherlar"ning Rossiyaga qarshi rejasi oshkor bo‘lib qolgani haqidagi ma'lumotni tarqatgandi va bu vaziyat Koulmenni "ilhomlantirgan" va shunday hazilni o‘ylab topgan.