Yaponiyaning Suzuki Motor kompaniyasi rahbari Osamu Sudzuki ushbu avtomobil korporatsiyasi bilan bog‘liq ziddiyat tufayli direktorlar kengashini tark etadi. Bu haqida xabarida ma'lum qilindi.
"Kompaniya rahbari Osamu Sudzuki korporatsiyaning direktorlar kengashi raisi lavozimini tark etadi, - deyiladi xabarda. - Shu bilan birga kompaniyaning texnologik jarayonlarga mas'ul bo‘lgan rahbar o‘rinbosari Osamu Xonda yoqilg‘i iste'molini belgilashdagi buzilishlar bilan bog‘liq muammoni uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi va iste'foga chiqadi".
Bundan avval Osamu Sudzuki ushbu nizo bois uzr so‘ragan hamda "kelajakda bunday muammolarning bartaraf etilishi uchun barcha choralar ko‘rilishi"ga va'da bergan.
Joriy oyning boshida davlat tergov guruhi o‘z mashinalarining yoqilg‘i iste'molini belgilashda qonunda qayd etilgan jarayonlarga amal qilmaganini tan olgan avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyaning shtab-kvartirasida xodimlarni so‘roq qilishni hamda hujjatlarni tekshirishni boshladi. Bu yerda gap ichki bozor uchun ishlab chiqarilgan 26 xil modeldagi 2,14 million avtomobil haqida ketmoqda.
Suzuki Motor kompaniyasida umumiy hisobda 60 ming nafar xodim ishlaydi, uning 2015 moliyaviy yildagi sotuv hajmi 3 trillion iyen (taxminan 27,5 milliard dollar)dan ortdi.