NYP: Amerikalik ayollarning 40 foizi hamda erkaklarning 35 foizi ortiqcha vazndan aziyat chekadi

Jamiyat 14:39 / 08.06.2016 3344

Ekspertlarning aniqlashicha, amerikalik ayollarning 40 foizi va erkaklarning 35 foizi ortiqcha vazndan aziyat chekishadi. Bu haqida New York Post xabar qildi.

Los-Anjyelesdagi Kaliforniya universitetining tibbiy markazi parhezshunosi Dana Xannes bunday statistikani xavfli deb atadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumatning vaznni kamaytirish hamda sog‘lom ovqatlanish borasida olib borayotgan ishlariga qaramay, AQShda semizlikdan aziyat chekuvchi aholi soni o‘sishda davom etmoqda.

Ortiqcha vaznga ega amerikalik ayollar soni eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi, xuddi shu muammo qiynayotgan erkaklar soni esa taxminan o‘n yil avvalgi ko‘rsatkich bilan bir xil darajada. 

1980 yillar boshiga qadar AQSh katta yoshli aholisining atigi 16 foizi semizlikdan aziyat chekkan. Bugungi kunda esa bu ko‘rsatkich 38 foizgacha o‘sdi.

Ko‘proq yangiliklar: