Nazarboyev: Aqto‘be radikallari xorijdan ko‘rsatma olishgan

Jahon 21:08 / 08.06.2016 8006

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bayonotiga ko‘ra, Aqto‘bedagi terroristik xuruj soxta diniy radikal oqim a'zolari tomonidan sodir etilgan bo‘lib, ular xorijdan ko‘rsatma olishgan, deb xabar qilmoqda Oqo‘rda matbuot xizmati. 

Ayni vaqtda, mazkur jinoyat bo‘yicha surishtiruv ishlarini respublika bosh prokuraturasi olib bormoqda. 

"Jinoyatchilarning barchasi, qonunga muvofiq jazoga tortiladi. Mavjud ma'lumottlarga ko‘ra, terrorchilik harakatini radikal kayfiyatdagi soxta diniy oqimlar a'zolari, xorijdan olingan ko‘rsatmaga muvofiq amalga oshirishgan", -degan prezident Nazarboyev. 

Uning fikricha, davlat siyosati va qonunlarining liberalligidan foydalanganlar davlat mustahkamligini sinab ko‘rmoqchi bo‘lishgan. 

Aqto‘be voqealaridan so‘ng ko‘rilgan tezkor choralar natijasida jinoyatga aloqadorlikda gumon qilinayotgan 8 kishi qo‘lga olingan edi. 

8 iyun kuni, Aqto‘beda yana bir kishi terrorchilik harakatini sodir etishda gumon qilinib hibsga olingan.

Ko‘proq yangiliklar: