«Manchester Yunayted» «Vilyarreal»dan 30 mln yevro evaziga himoyachi xarid qildi

Sport 17:11 / 08.06.2016 5261

«Vilyarreal» jamoasi himoyachisi Erik Bayi «Manchester Yunayted» jamoasi tomonidan transfer qilindi.

Ushbu ivuarlik 22 yoshli futbolchi uchun manchesterliklar rahbariyati 30 mln yevro to‘lagan va u bilan 4 yillik shartnoma tuzgan.

Keyingi mavsumda bu shartnoma muddati yana 2 yilga uzaytirilishi mumkin.

Qayd etish kerakki, bu Joze Mourino jamoa boshqaruviga kelganidan keyin amalga oshirilgan ilk transfer bo‘ldi.

«Vilyarreal» o‘tgan yili Bayini «Espanol»dan 5,2 million yevro evaziga o‘z tarkibiga qo‘shib olgandi.

Ko‘proq yangiliklar: