Manba: TsSKA yangi stadionidagi ochilish o‘yinini «Chelsi»ga qarshi o‘tkazadi

Sport 16:16 / 08.06.2016 4332

Moskvaning TsSKA jamoasi yangi stadioni ochilishida «Chelsi»ga qarshi o‘ynaydi. Bu ma'lumot The Times tomonidan keltirilgan.

Qayd etilishicha, londonliklar jamoasi yozda AQSh bo‘ylab turne o‘tkazadi, shu bilan birgalikda avgust oyida «armiyachilar»ning stadioni ochilishida ishtirok etadi.

Bundan oldinroq, TsSKA o‘zining yangi stadionida Rossiya Superkubogi uchun «Zenit»ga qarshi o‘ynashi haqida xabar berilgandi. Superkubok uchrashuvi 23 iyulga belgilangan.

Ko‘proq yangiliklar: