Qozog‘iston IIV Aqto‘bedagi bolalar oromgohida otishma sodir bo‘lgani haqidagi xabarni rad etdi

Jahon 17:36 / 08.06.2016 5498

Qozog‘iston IIV Aqto‘bedagi yozgi oromgoh oldida radikallar tomonidan navbatdagi otishma sodir etilgani haqidagi xabarni tasdiqlamadi. Bu haqda IIV matbuot xizmati vakili Almas Sadubayevga asoslanib, Total.kz xabar bergan.

"Oromgoh qorovullariga hujum qilingani haqidagi xabar tekshirildi va tasdiqlanmadi", degan Sadubayev.

U IIVning shaxsiy tarkibi Aqto‘beda qat'iy tartibda ozodlikda qolayotgan jinoyatchilarni qidirishda davom etayotganini ma'lum qilgan.

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi ham bu ma'lumotni tasdiqlamadi.

Bundan oldinroq, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Vladimir Jumakanov mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashuvda shunday ma'lumot kelib tushgani haqida aytib o‘tgandi.

Ko‘proq yangiliklar: