Qamoqdan odam olib chiqmoqchi bo‘lgan “keksa” firibgar niyatiga yeta olmadi

Jamiyat 18:33 / 08.06.2016 9640

Fuqaro Omon Salmonovning (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) jiyani jinot ko‘chasiga kirib, ozodlikdan mahrum etiladi. Oradan ma'lum vaqt o‘tgach esa O.Salmonov poytaxtimizdagi kafelardan birida yoshi oltmishdan oshgan Ma'ruf Shermatov bilan tanishib qoladi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

O‘zaro suhbat paytida jiyani haqida so‘z ochadi. M.Shermatov ilgari firibgarlik ortidan sudlangan bo‘lib, bu “ishni ham bajarib berishga qurbi yetajagini” aytadi. Omon uning taklifiga rozi bo‘ladi. Shundan so‘ng M.Shermatov bu muammo 6 ming AQSh dollariga bitishini aytadi.

Uning gaplariga laqqa tushgan O.Salmonov oradan uch-to‘rt kun o‘tgach, ming AQSh dollari keltirib beradi. Lekin kelishilgan muddatda uning ishi bitmaydi. Har safar M.Shermatovga qo‘ng‘iroq qilganida pulning qolganini ham olib kelsa, ishi hal bo‘lishini takrorlayveradi. 

Firibgarlik yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan M.Shermatov SVOJJDLQK departamentining Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda jabrlanuvchidan 5 ming AQSh dollari olayotgan vaqtda ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi firibgarning qilmishiga yarasha jazo tayinlab, hukm chiqardi

Ko‘proq yangiliklar: