Ford o‘zining eng kichik besh eshikli xetchbekini namoyish etdi

Fan-texnika 16:51 / 08.06.2016 4731

Ford kompaniyasi o‘zining yangi ixcham besh eshikli xetchbekini taqdim etdi. 

– Ka+ deb nomlangan avtomobil 2016 yil oktabridan Buyuk Britaniya, Germaniya va Ispaniya bozorlariga chiqariladi, deb xabar qilgan kompaniya matbuot xizmati. 

Bundan avval, Ford Ka Yevropa bozorida faqat 3 eshikli rusumda sotilar edi. Yangi modelga Dacia Sandero raqobat uyg‘otishi mumkin. 

Uning tashqi ko‘rinishi uch eshikli namunasini aynan takrorlaydi. Ford Ka negiziga esa, Fiesta modelining qisqartirilgan platformasi asos bo‘lgan. U, podveskasining qayta ishlangani va rul boshqaruvining yangi tizimi bilan farqlanadi. 

Mashina Yevropada 1,2-litr hajmli benzinli dvigatel bilan sotiladi. Ammo, motorning ikki turi 70 yoki 85 ot kuchiga ega bo‘lganidan birini tanlash mumkin bo‘ladi. Avtomobil uzunligi 3929 mmdir. Orqa o‘rindiqdan keyingi yukxona 270 litrga teng. 

Xetchbekning birinchi to‘plamiga 6 ta xavfsizlik yostiqchasi, konditsioner, audiotizim, tezlikni cheklovchi va tepaga ko‘tarilishda yordam berish tizimi o‘rnatiladi. Ka+ ning qimmat modellari esa, iqlim-nazorati, tezlik nazorati, yengilqotishmali disklar, oldo‘rindiqlar isitgichi, avtoturargoh datchiklari va o‘zi yig‘iluvchi oynalarga ega bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: