Florida politsiyasi og‘zida inson tanasi qoldiqlari bo‘lgan alligatorni otib o‘ldirdi

Jamiyat 15:22 / 08.06.2016 7381

Floridada tabiatni qo‘riqlash xizmati xodimlari og‘zida inson tanasi a'zolarining qismlari borligi taxmin qilingan alligatorni otib o‘ldirishdi. Bu haqida Fox 13 xabar berdi. 

Politsiyaning xabar berishicha, qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq orqali bir kishini sudrab ketayotgan alligator haqida ma'lum qilishgan. Keyin Xanter ko‘lidan noma'lum kimsaning jasadi olib chiqilgan. 

Jasad bir kun suvda bo‘lgan. Ekspertiza oldidagi vazifa - suvdan jasadi olib chiqilgan kishining o‘limi sababini aniqlash (ya'ni u timsoh o‘ljasiga aylanganmi yoki boshqa sabab tufaylimi?).

Bundan bir necha kun avval politsiyaga ko‘l yonida kiyimlar sochilib yotgani to‘g‘risida xabar berilgan. Qo‘ng‘iroq qilgan kishi yaqin orada tajovuzkor alligatorning kezib yurganini aytgan. O‘shanda alligatorni topa olishmagandi.

Ko‘proq yangiliklar: