Buxoroda “BankExpo – 2016” hududiy milliy ko‘rgazmasi o‘tkazildi

O‘zbekiston 16:58 / 08.06.2016 3752

Buxoroda bank texnologiyalari, asbob-uskunalari va xizmatlari  “BankExpo – 2016” hududiy milliy ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan Buxoro viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda kichik biznes sub'yektlari rahbarlari, xorijiy korxonalar vakillari, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari ishtirok etdi.

Joriy yilda viloyat moliya muassasalari tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirishga 646 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan. O‘tgan besh oyda tadbirkorlarning loyihalarini moliyalashtirishga 221 milliard so‘m sarflandi. Eksport salohiyatini mustahkamlash uchun 100 milliard so‘mdan ziyod bank investitsiyasi ajratildi.  

  
Tijorat banklari mijozlar talabiga javob beradigan yuqori texnologik ishlanmalardan keng foydalanmoqda. Masalan, onlayn tizimida ishlaydigan “Mijoz bank”, “SMS bank”, “Internet bank”, “Klik” kabi xizmatlar mijozlarga vaqtni tejash imkonini berayotir. Ko‘rgazmada tijorat banklarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish  istiqbollari haqida keng ma'lumot berildi.

Ko‘proq yangiliklar: