«PSJ»ni erkin agent sifatida tark etayotgan Zlatan Ibrahimovich o‘zining fransuz futbolidagi o‘rni haqida gapirib o‘tdi.
Le Monde muxbiri unga quyidagi savollar bilan murojaat qilgan.
- Keling avvalo pul haqida gaplashamiz.
– Yaxshi. O‘ylaymanki, pul barcha ishlarni hal qiladi. Lekin baxt pulda emas, buni odamlar tushunishi kerak.
- 2015 yilgi daromadingiz 20 million yevroni tashkil qilgan ekan.
– Bor-yo‘g‘i shuncha deb o‘ylaysizmi?
- Unda taxminan qancha bo‘lgandi?...
– Siz yarim yillik maoshim miqdorini aytdingiz.
- Juda ko‘p pul ishlab topgan ekansiz.
– «Juda ko‘p» nima degani? Men bu so‘zni tushunmayman. Narxlar bozorni belgilaydi. «Ko‘p» yoki yo‘q – bu mening muammoim emas. Bozor aytdi: «Bu sening narxing». Agar boshqa futbolchi 10 barobar yaxshi bo‘lsa, 10 barobar ko‘p maosh oladi. Shunday ishlanadi.
- Bunday raqamdar odamlarni shokka solishi mumkinligini tushunasizmi? Ayniqsa iqtisodiy inqiroz davrida.
– Siz bilasizmi, men qancha maosh to‘layman?
- Yo‘q, aytingchi?
– Bir so‘z bilan aytganda, men mamlakatga prezident Fransua Ollanddan ko‘proq yordam beraman.
– Axir 75 foizlik daromad solig‘i kun tartibidan olib tashlanganku?
– Okey. Siz buni aniq bilasizmi? Men esa to‘lashda davom etmoqdaman. Men soliq idoralariga kattagina pul tushirib beraman.
- Fransiya haqida gapirib bering.
– Ibra keldi va asosiy qahramonga aylandi.
- Yana nimadir qo‘shimcha qilingchi?
– Yo‘q, shu gapim kifoya.
- Frantsuzlar 2015 yil martida siz bu mamlakatni haqorat qilganingizda shokka tushib qolgandi.
– Axir gap futbol haqida edi. Bu Fransiyaga aloqador emasdi. Bu ikkisi alohida narsalar. Men xato gapirgandim, lekin bu mamlakatga emas, futbolga taalluqli gap edi. Axir 4 yil yashagan yurting haqida yomon gap aytish mumkinmi? Agar bu yerda yashash yoqmaganida avvalroq ketgan bo‘lardim» – deydi Ibrahimovich.