TIVda XXR MQ delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston 12:22 / 07.06.2016 3562

2016 yilning 7 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekistonga tashrif buyurgan Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi delegatsiyasi bilan uchrashdi. Delegatsiyaga Tashqi aloqalar bo‘limi boshlig‘i Sun Tao boshchilik qildi.

Muloqot davomida davlatlararo aloqalarning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Ikki tomonlama shakldagi va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi doirasidagi bo‘lajak oliy darajadagi O‘zbekiston-Xitoy uchrashuvlari ikki davlat munosabatlarida alohida o‘rin egallashi ta'kidlandi.

Ko‘proq yangiliklar: