The Guardian nashrining xabar berishicha, boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Muhammad Alining 10 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan dafn marosimida britaniyalik bokschi Lennoks Lyuis va Hollivudning mashhur aktyori Umill Smit ishtirok etadi.
Mashhurlar dafn marosimi kuni marhumning yaqinlari bilan birgalikda uning tobutini ko‘tarib boradi.
Ma'lum bo‘lishicha, Muhammad Ali 2010 yilda o‘z dafn marosimining ssenariysini yozib qo‘ygan.
Janoza haqidagi mazkur “risola”ning hajmi taxminan besh santimetrni tashkil etadi. Marhumning istagiga ko‘ra, dafndan avval stadionlarning birida vidolashish marosimi bo‘lib o‘tib, xohlovchilar marosim kuni u bilan vidolashish mumkin.
Stsenariyga ko‘ra, Alini qabrgacha kuzatish marosimi jarayoni ko‘chada kechadi va yo‘l-yo‘lakay sportchi nomiga tashkil etilgan muzey yonidan o‘tiladi.
Bundan tashqari, bokschi o‘zi tug‘ilib o‘sgan joyda dafn etilishini istagan.
Alining dafn marosimi juma kuni, 10 iyunda, Kentukki shtatining Luisvill shahrida bo‘lib o‘tadi, bu jarayon internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlar orqali translyatsiya qilinadi.
Dafn marosimida Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, AQSh sobiq prezidenti Billi Klinton, shuningdek, aktyor Billi Kristal ishtirok etadi.
Muhammad Ali 3 iyun kuni 74 yoshida Finiks shahrida vafot etdi.
Muhammad Alining o‘limi septik shok natijasida yuz bergan.