Germanwings yo‘lovchisining qarindoshi Andreas Lubits shifokori ustidan sudga arz qildi

Jahon 15:54 / 07.06.2016 3386

Germanwings samolyotining Alp tog‘lariga borib urilishi oqibatida halok bo‘lgan yo‘lovchilaridan birining qarindoshi, Dyusseldorf prokuraturasiga arz qilgan. U, uchuvchi Andreas Lubitsning davolovchi shifokorini ayblamoqda, deb xabar qiladi Deutsche Welle.

Qayd etilishicha, dyusseldorflik 61-yoshli tadbirkor Klaus Radne o‘sha mash'um voqeada qizi va nabirasidan ayrilgan. U, Lubits shifokorini o‘z vazifasiga mas'uliyatsiz yondoshganlikda ayblamoqda. Shifokor Lubitsning ruhiy sog‘lig‘i buzilganini bilsa-da, na Lufthansa aviakompaniyasini, na Germaniya havo harakati boshqarmasini xabardor etgan. 

Da'vogarning fikricha, mazkur holatda shifokor xonim, shifokorlik siri qoidasiga amal qilmasligi mumkin edi.

Ko‘proq yangiliklar: