Gaitida navbatdagi saylov shu yilning oktabr oyida bo‘lib o‘tadi.
AFP agentligi xabariga ko‘ra, Gaiti Muvaqqat saylov kengashi 2015 yil oktabrda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarining birinchi tur natijalari bekor qilingan.
Kengash raisi Leopold Berlanjyening ma'lum qilishicha, saylovlar uchun boshqa kun sanasi tayinlangan.
“Kengash prezidentlik saylovlarinig birinchi bosqichini qayta o‘tkazishga qaror qildi”, deydi Leopold Berlanjye.
Berlanjyening aytishicha, qayta saylovning birinchi turi joriy yilning 9 oktabrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Vaziyat taqozosiga ko‘ra, ikkinchi tur 2017 yilning 8 yanvarida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Gaiti prezidenti Jan-Klod Dyuvale yurak xurujidan vafot etgan.