Der Standard: Suriyadagi amaliyot Rossiya quroliga qiziqishni kuchaytirdi

Jahon 09:45 / 07.06.2016 7494

RF harbiy kosmik kuchlarining Suriyada jangovar amaliyotlarni muvaffaqiyatli o‘tkazgani, Rossiya jangovar qurollariga bo‘lgan qiziqish va talabning kuchayishiga turtki berdi, deb yozmoqda Avstriyaning Der Standard nashri.

«Rossiya, ittifoqchisi Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlash bilan G‘arbning bong urgan "qamal"idan chiqish barobarida mudofaa sanoatining o‘ziga xos tashviqotini o‘tkazdi», — deb yozadi gazeta. 

Suriyadagi harbiy harakatlar uchun 500 mln yevro atrofida mablag‘ ketgani taxmin qilinadi. Ammo, o‘tgan yilning dekabr oyida birgina Jazoir bilan 12dona Su-32 samolyotini yetkazib berish bo‘yicha imzolangan shartnomaning o‘zi, ushbu xarajatni qoplay oladi. 

Ta'kidlash joizki, Rossiya harbiy texnikasi bilan nafaqat Jazoir qiziqmoqda. «Rostex» korporatsiyasi bosh direktori Sergey Chemezovga ko‘ra, «Rosoboroneksport»ning buyurtmalari qiymati 48 mlrd dollarga yetgan.

Rossiya qurollarini asosan Osiyo va Afrika mamlakatlari, xususan Xitoy, Hindiston, Vetnam, Misr, Jazoir va Eron xarid qilmoqda, deb yozadi Avstriya gazetasi.

Ko‘proq yangiliklar: