Davlat “qozoni”dan foydalanishni ma'qul ko‘rgan “rahbar” qonunbuzarlik uchun jazo borligini kech angladi

Jamiyat 11:44 / 07.06.2016 6437

Qorovulbozor tuman suvoqava ishlab chiqarish korxonasida rahbarlik qilib kelgan Jobir To‘rayev o‘zini ishning ko‘zini biladiganlardan hisoblar ekan. Ammo u qonunbuzarlik uchun jazo muqarrarligini kech angladi. Bu haqda “Huquq” gazetasi yozmoqda.

U tanishi Faxriddin Islomovdan o‘z ehtiyojlariga sarflash uchun 21 mln.so‘m qarz olib ishlatib yuboradi. Qarzni qaytarishga kelganla esa davlatning  “qozoni”dan foydalanishni afzal ko‘radi. Korxonaga tegishli  2400 metr suv quvurlarini qarzi evaziga F.Islomovga pullab yuboradi. Aslida ushbu quvurlar korxonaga kerak bo‘lmasa, J.To‘rayev ularni birda orqali sotib, pullarni korxona hisob raqamiga kirim qilishi kerak edi. 

J.To‘rayev nafsiga ergashib, jinoyatga qo‘l urdi. Jinoyat esa jazosiz qolmaydi. Sud uning qilmishiga yarasha jazo tayinlab, hukm chiqardi.
 

Ko‘proq yangiliklar: