Buyuk Britaniyadagi The Daily Mail nashri Angliya premer-ligasining 2016-2017 yilgi mavsumida foydalaniladigan koptok suratini namoyish qildi.
APLning yangi to‘pi Nike tomonidan ishlangan va Ordem 4 nomi bilan atalgan. Unda to‘q ko‘k rang jilolanadi, shuningdek yashil va siyohrang ranglar.
Bundan oldinroq, APL jamoalarning liboslari tashqi ko‘rinishiga jiddiy o‘zgarish kiritilishi haqida xabar berilgandi. Liga rahbariyati futbolkaning orqa qismida chiziqlardan foydalanishni taqiqladi. Muxlislar va hakamlar futbolchining formasidan raqami va familiyasini oson aniqlab olishlari uchun shu qoida joriy qilingan.