«Borussiya» «Bavariya»dan futbolchi sotib oldi

Sport 10:04 / 07.06.2016 4164

«Bavariya» yarim himoyachisi Sebastyan Rode Dortmundning «Borussiya» jamoasiga o‘tdi.

25 yoshli futbolchi yangi jamoasi bazasida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va 2020 yilgacha tuzilgan shartnomaga imzo chekkan.

Bundan oldinroq, ushbu futbolchining transferi «Borussiya» uchun 12 million yevroga tushishi ma'lum bo‘lgandi.

Yakunlangan mavsumda Rode myunxenliklar jamoasida bundesliganing 15 uchrashuvida maydonga tushgan va bitta gol urib, bitta pas bergan.

Futbolchi yangi jamoasidagi ilk intervyuni berdi.

«Men bolaligamdan «Borussiya» muxlisiman. Shuning uchun, o‘zimning eng sevimli jamoam safiga o‘tganimdan juda xursandman. Tom Tuxel – klass darajadagi mutaxassis. Men bu chaqiruvga munosib javob beraman», — deya Rodening so‘zlarni keltiradi Goal portali.

Ko‘proq yangiliklar: