Yapon shifokorlari 2017 yili donorlik ko‘z parda to‘qimasini ko‘chirib o‘tkazadi

Jahon 14:49 / 07.06.2016 6226

Yaponiyalik shifokorlar 2017 yilning birinchi yarmida ko‘z pardasining og‘ir xastaligi -makulodistrofiyani davolash maqsadida donorlik ildiz hujayralaridan olingan ko‘z pardasi to‘qimalarini o‘tkazishni boshlaydi, deb xabar qilmoqda kunchiqar yurt OAV. 

Ko‘zi ojizlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan xastalik, ko‘zning yorug‘lik tushish markazi tomirlarini zararlaydi. 

NHK telekanalining xabar qilishicha, RIKEN instituti va Kobe shahri markaziy shifoxonasi, Kioto va Osaki universitetlari tadqiqotchilari hukumat iznini olishgach, jarrohlik amaliyotini o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi. 

NHKga ko‘ra, avvallari bemorning o‘z ildiz hujayralaridan ishlab chiqilgan ko‘z parda to‘qimasi ko‘chirib o‘tkazilgan edi. Buning uchun, yarim yil va bir necha yuz ming dollar mablag‘ talab etilar edi. Avvaldan o‘stirilgan va tayyorlab qo‘yilgan donorlik to‘qimalari esa, yapon shifokorlarining fikricha, vaqt va mablag‘ni sezilarli tejash imkonini beradi. 

"Nikkey" gazetasining yozishicha, Kioto universiteti jarrohlik amaliyoti uchun inson immuniteti qarshiligiga chidamli ildiz hujayralarni taqdim etadi. RIKEN instituti ulardan ko‘z pardasi to‘qimasini yetishtiradi. Osaki universiteti va Kobe markaziy shifoxonasi mutaxassislari yetishtirilgan to‘qimalarni bemor ko‘ziga joylash amaliyotini bajaradi.

Ko‘proq yangiliklar: