2016 yilda Buxoroda 32 ming 458 ish o‘rni yaratiladi

O‘zbekiston 14:43 / 07.06.2016 3821

Buxoro viloyatining Vobkent tumanida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, kasb- hunar kollejlari bitiruvchilari va xotin-qizlarning bank xizmatlaridan foydalanishini yanada kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.  

Unda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi, Vobkent tumani xotin-qizlar qo‘mitasi, tuman bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda partiya a'zolari, tijorat banklari vakillari, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan. 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi raisining o‘rinbosari Sh.Nabiyevaning aytishiga qaraganda, joriy yilda viloyatda yoshlar uchun 32 ming 458 ish o‘rni yaratilib, ularning 27 mingdan ortig‘i o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari bitiruvchilariga mo‘ljallangan.  

Shu tariqa, bandlik dasturi ijrosi doimiy e'tiborda bo‘lib, bu borada xotin-qizlar qo‘mitalari, tijorat banklari, ta'lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning birgalikdagi hamkorligi qo‘l kelmoqda. 

Yangi ish o‘rinlari yaratish, bitiruvchilarni ish bilan ta'minlashda ularning biznes loyihalarini moliyalashtirish muhim ahamiyatga ega. Shu bois tijorat banklari tomonidan viloyatda joriy yilda ularga 20 milliard so‘mlikdan ziyod kreditlar ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Seminarda yoshlarga tikuvchilik, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va boshqa yo‘nalishlarda o‘z loyihalarini amalga oshirishi uchun biznes-reja tayyorlash va kredit olish bo‘yicha huquqiy maslahatlar berilgan. 

Tadbir doirasida tuman bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan mehnat yarmarkasi tashkil etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: