Yevro-2016 turnirida qo‘riqchilik qiladiganlar orasida terrorchilar borligi aniqlandi

Sport 07:30 / 05.06.2016 6979

Keyingi haftada Fransiya Yevro-2016 chempionatini qabul qiladi va ko‘pchilik musobaqa terrorchilar nishoniga aylanishidan jiddiy xavotirlanmoqda: IShID Yevropaga hujumlar uyushtirishni davom ettirishini yashirmayapti. Shu munosabat bilan AQSh Davlat departamenti o‘z fuqarolariga Yevro-2016’ga yoki Polshadagi katolik yoshlar kunlariga bormaslikni tavsiya qilmoqda.

Bu orada Fransiyalik huquq-tartibot muassasalari xodimlari chempionat xavfsizligini ta'minlash uchun barcha ishni qilmoqdalar. Ichki xavfsizlik bosh boshqarmasi 3,5 ming qo‘riqchi va qo‘riqlash agentliklarini tekshirib, ular orasida 82 nafar kishi potensial xavfli shaxslar ekanligini aniqladi. Bu odamlar ekstremistik tashkilotlar bilan aloqalari uchun "shubhali shaxslar" bazasiga kiritildi. 

Yevro-2016 10 iyundan 10 iyulgacha Fransiyaning Parij, Lion, Marsel, Sen-Deni, Nitstsa, Tuluza, Bordo kabi shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Bu shaharlardagi stadionlar ko‘p minglik muxlislar bilan liq to‘la bo‘ladi va agarda baxtga qarshi terakt yuz bersa, qurbonlar ko‘p bo‘lishi aytilmoqda. Bu orada fransuz maxsus xizmatlari barchasi ular nazoratida ekanligini ta'kidlamoqdalar.  

Ko‘proq yangiliklar: