Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Rossiya Serbiyaga yutqazsa iste'foga ketishini aytdi
.
"O‘yin natijasi haqida iste'foga ketishga sabab sifatida gapirsa bo‘ladi. Tabiiyki. agar jamoa yutqazsa. Siz savolni shunday qo‘ydingiz-ku", deb aytdi Slutskiy matbuot-anjumanida.
Uning aytishicha, Rossiya Chexiyaga qarshi avvalgi uchrashuvida o‘zining eng yaxshi holatida bo‘lmagan. Jamoa ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ygan.
Rossiya va Chexiya o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 1:2 hisobida rossiyaliklarning mag‘lubiyati bilan yakunlangandi. Yevropa chempionatiga tayyorgarchilik doirasida Serbiyaga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuv 5 iyunda Monakoda bo‘lib o‘tadi.