Afsonaviy bokschi Muhammad Alining vafoti munosabati bilan 4 iyunda uning ona shahri – Luisvillda shahar meri ko‘rsatmasi bilan bokschining xotirasiga bayroqlar tushuriladigan bo‘ldi. Bu haqda shahar meri Greg Fisher o‘z tvitterida ma'lum qildi.
"Muhammad Alining hayoti va ishiga hurmat tariqasida barcha hukumat binolarida ertalabki soat 10 da barcha bayroqlar yarmiga tushirib qo‘yiladi", deb yozdi Fisher.
Ko‘plab odamlar, jumladan boshqa bokschilar Alining o‘limiga munosabat bildirishdi.
"Tangri o‘z chempioni bilan keldi. Shuncha ko‘p vaqt buyuk bo‘ldi", deb yozdi sobiq jahon chempioni Mayk Tayson tvitterda.
Amerikalik bokschi Roy Jons "Mening yuragim qayg‘urmoqda, biroq shu bilan birga odamlardan eng buyugi afzal olamga ketganidan taskin tompoqda", deb yozdi.
Muhammad Ali AQSh vaqti bilan 3 iyunda 74 yoshida Finiks shahridagi kasalxonada vafot etdi. Ali 1984 yildan beri Parkinson kasalligidan aziyat chekib kelgan. Alining janozasini Luisvillda o‘tkazish rejalashtirilgan.