Estoniyaning "Infonet" klubi va Latviyaning "Riga" klubi o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘g‘rilik tufayli to‘xtatildi. Mehmon jamoa futbolchilari maydonda o‘yin bilan mashg‘ul bo‘lgan bir paytda, ularning kiyinish xonasidagi shkafchalari qarovsiz qolib ketgan. Bundan o‘g‘ri foydalangan.
Futbolchilar tanaffusda kiyinish xonasiga qaytganlarida birorta qimmatbaho buyumlari – soatlar, telefonlar, pullar yo‘qligini aniqlashgan.
"Biz politsiyaga ariza yozdik. Voqea joyida barmoq izlari olindi. Hozircha nima bo‘lishi noma'lum", deb aytdi eston klubi direktori Dmitriy Skiperskiy.
Oqibatda jabrdiyda futbolchilar uchrashuvni o‘tkazmaslikka qaror qilishgan. Ta'kidlash joizki, 1-bo‘lim 2:1 hisobida "Riga" hisobiga yakunlangan.