Ispaniyadagi avtopoygada avtomobil tomoshabinlarga borib urildi

Jamiyat 19:50 / 04.06.2016 7338

Ispaniyaning Kantabriya degan joyida avtopoygani tomosha qilayotgan tomoshabinlarga poyga mashinasi kelib urildi. Bu haqda El Diario Montañés ma'lum qildi

Kataloniyalik poygachi Jan Solans avtomobil boshqaruvini qo‘ldan chiqarib, muxlislarga borib urilgan. Oqibatda 17 kishi jabrlangan. Bir muxlisa ko‘p sonli jarohatlar bilan vertolyotda shifoxonaga yetkazilgan. Yengil jarohat olganlar mahalliy shifoxonaga yetkazilgan. Avariyadan keyin tashkilotchilar poygani to‘xtatishgan.

Ko‘proq yangiliklar: