Yangi Zelandiyada pingvinga 3D-printerda panja bosib berildi

Fan-texnika 20:44 / 04.06.2016 8995

Yangi Zelandiyada panjasi shikastlangan pingvinga protez yaratib berildi. Bu haqda Daily mail ma'lum qildi. 

Begpayps laqabli pingvin 2007 yilda panjasidan ayrilib qolgan. Shotlandiyalik sayyoh uni panjasi baliq tutuvchi to‘rga o‘ralib qolgan holda topgan va Antarktika markaziga olib kelgan. Pingvinning panjasini olib tashlashga to‘g‘ri kelgan. Shundan keyin Begpayps oqsoqlana boshlagan va yaxshi suza olmagan. 

Protezni Kenterberiy universiteti doktori Don Lukas yasadi va markazga topshirdi. Sun'iy panja 3D-printerda bosib chiqarildi. Bu holat tasvirlangan videoda pingvinning yangi panjalardagi birinchi sinovlari tasvirlangan bo‘lib, keyinroq konstruksiya pingvinga qulayroq bo‘lishi uchun takomillashtiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: