OAV: Xitoy transport infratuzilmasini rivojlantirish uchun 725 mlrd dollar investitsiya kiritadi

Iqtisodiyot 00:40 / 29.05.2016 4872

Xitoy hukumati yaqin uch yil ichida transport infratuzilmasini qurish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun 4,7 trln yuan (725 mlrd dollar) investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda, deb ma'lum qildi Xitoy Xalqaro radiosi. 

Bu vaqt ichida 300 dan ko‘proq yaqin loyiha amalga oshiriladi. Ko‘plab loyihalardan maqsad mamlakatning chekka va nochor hududlaridagi transport tarmog‘ini rivojlantirishdan iborat. Asosan avtomobil va temir yo‘llari qurilishi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. 

Ma'lum qilinishicha, bu loyihalarning amalga oshirilishi hukumatning 2020 yilga Xitoyning barcha fuqarolari kambag‘allik chegarasidan yuqori darajada yashashi kerakligi haqidagi rejalarini hayotga tatbiq qilishda yordam beradi. 

Avvalroq Xitoy hukumati chop etgan ma'ruzaga ko‘ra, 2016 yilda temir yo‘l qurilishiga investitsiyalar 800 mlrd yuanni (123 mlrd dollar) tashkil qiladi. Joriy yilda temir yo‘l va avtomobil transport infratuzilmasiga umumiy investitsiyalar 2,45 trln yuanni (377 mlrd dollar) tashkil qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: