Xitoyning Wanda konglomerati "Disneylend"ga qarshi "urush" boshladi

Iqtisodiyot 00:44 / 29.05.2016 5554

Xitoyning Dalian Wanda Group konglomerati rejalashtirilgan 15 ta tematik ko‘ngilochar bog‘dan birinchisini ishga tushirdi, deb yozmoqda Business Insider nashri. "Diynesleyd" raqobatchisi Wanda City bog‘i Tszyansi viloyatining poytaxti Nanchanda ochildi.

Tematik ko‘ngilochar bog‘ 2 kvadrat km lik maydonga ega savdo markazlari, 80 gektar attraksion, kinopark, akvarium va mehmonxonalarni o‘z ichiga oldi.

"Biz birinchi bo‘lmoqchimiz va asosiy urg‘uni madaniy qadriyatlarga qaratmoqchimiz", deb aytdi konglomerat asoschisi Van Tszyanlin.

Tadbirkor Shanxayda " Disneylend" ochilishiga izoh berib, "Mikki-Maus va Donald Dakka qiziqish, Disney viveskalarining lipillovchi chiroqlari ortidan borish davri yakunlanganini" aytdi.

Tszyanlin "Disneylend" Wanda City bog‘lari bilan raqobat qila olmasligini, chunki "yo‘lbars bo‘rilar to‘dasiga xalaqit qila olmasligini" aytdi.

Business Insider ma'lumotlariga ko‘ra, Wanda City’ning umumiy investitsiyalar hajmi 22 mlrd yuanni (3,4 mlrd dollarni) tashkil qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: