Buyuk Britaniyada plastik banknotlar chiqariladi

Iqtisodiyot 16:37 / 29.05.2016 5743

Buyuk Britaniyada maxsus polimerdan tayyorlanadigan plastik banknotlar chiqariladi. Bunday banknotlarni sindirish imkonsiz. Bunday pullar Tselsiy bo‘yicha 90 darajaga dosh beradi.

Shuningdek, uning materiali ifloslanmaslikni ta'minlaydi va suvga chidamli bo‘ladi. 2016 yilning sentabrida 400 mln dona 5 funtlik yangi banknotlar chiqarilishi rejalashtirilgan.

The Telegraph xabariga ko‘ra, yangi banknotlarda Uinston Cherchill tasviri tushiriladi.

2017 yilda esa 10 va 20 funtlik plastik banknotlar ham muomilaga chiqarilishi ko‘zda tutilgan. Qayd etilishicha, 50 funtlik yangi banknotlar chiqarilishi haqida hozircha qaror qabul qilinmagan.

Ko‘proq yangiliklar: