Ukraina 2020 yilga kelib tabiiy gaz importidan qutiladi

Iqtisodiyot 19:06 / 26.05.2016 5265

Ukraina 2020 yilga kelib, to‘liq mahalliy gaz iste'moliga o‘tishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Ukraina energetika va ko‘mir sanoati vaziri Igor Nasalik ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda «UNIAN» axborot agentligi.

Nasalikning aytishicha, bu vaqtga kelib, Ukraina qazib oladigan tabiiy gaz miqdori 7,5 mlrd kubmetrga ortishi kerak. 

Avvalroq rasmiy Kiyev, Yevropa Ukrainani arzon riversiv gaz bilan ta'minlashdan bosh tortgach, tabiiy gazni ikki tomonlama foydali shartlarda Rossiyadan xarid qilishga rozilik bildirgan edi. 

Ukrain hukumatining hisob-kitoblariga ko‘ra, 1 ming kub metr gaz 130 dollar atrofida bo‘lishi, iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydi. Hozirgi vaqtda, «Gazprom» Ukrainaga tabiiy gazning ming kub metrini 180 dollardan sotmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: