Saudiyaliklar jamg‘armasi O‘zbekistonda turar joy binolari qurilishi uchun 30 mln yevro ajratadi

Iqtisodiyot 15:51 / 26.05.2016 10246

Saudiya Arabistoni taraqqiyot jamg‘armasi va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida 30 million yevrolik qarz shartnomasi tuzildi. Bu haqda Sputnik Iqtisodiyot vazirligidagi manbasiga asoslangan holda xabar bergan.

Unga ko‘ra, saudiyaliklar Qoraqalpog‘istonda 668ta namunaviy uylar qurilishi uchun 30 million dollar ajratishga tayyorligini bildirgan.

"Bu saudiyaliklarning birinchi transhi emas. O‘tgan yilning o‘rtalarida ham saudiyaliklar Xorazm viloyati qishloqlarida 959ta namunaviy uylar qurilishi uchun 30 million dollar ajratishgan edi. Namunaviy qurilish ishlarini kreditlashtirish loyihasida ikkita xalqaro moliya institutlari – Islom Taraqqiyot banki va Osiyo taraqqiyot banki ishtirok etmoqda”, — deb ta'kidlagan manba.

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda 2012 yildan buyon bunday loyihalarga yordam berib keladi. Shu vaqtgacha jamg‘arma tomonidan 492,5 mln dollar ajratilgan.

Islom taraqqiyot banki bilan esa 2015 yilda 100 mln kredit ajratish bo‘yicha kelishuv imzolangandi. Shundan 79,3 mln dollarlik mablag‘ Toshkent, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida 2015 yil davomida 1,1 mingta uy qurilishi uchun yo‘naltirilgan.

2016 yilda esa 20,7 mln dollar evaziga Toshkent viloyati hududida 315ta turar joy qurilishi belgilangan.

2016 yilda respublikaning 300ta massivi va 151ta qishloq hududlarida 13 mingta uy qurilishi uchun 2,45 trillion so‘m yo‘naltirilgan. 2009-2015 yillar mobaynida 1167ta hududda 56557ta namunaviy uy qurilgan.

Ko‘proq yangiliklar: