Nazarboyev ofshorlarni soliqqa tortish taklifini bildirdi

Iqtisodiyot 18:36 / 26.05.2016 5070

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, rivojlanayotgan mamlakatlarda ta'lim va sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirish uchun, ofshorlarga global soliq solish taklifini ilgari surdi

"Iqtisodiy o‘sish o‘zidan kuch olishi uchun barcha sharoitlarni yaratish lozim. Xususan, daromadlar ta'lim, sog‘liqni saqlash va infratuzilmalarga qayta sarf etilishi kerak. Ular xufyona hisob-raqamlariga o‘tkazilib, ofshorlarda saqlanishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bugun jahon ekspertlarining fikricha, ofshor hisob raqamlarida 30dan 40 trln gacha dollar yashirincha saqlanmoqda".

"Ushbu mablag‘larga, ularning atigi bir foizi miqdorida global soliq solinishi, rivojlanayotgan mamlakatlarda ta'lim va sog‘liqni saqlash darajasini yangi pog‘onaga olib chiqqan bo‘lar edi", — degan Nazarboyev Ostona iqtisodiy forumi plenar majlisida. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki global iqtisodiyotni ofshorlardan xalos qilishning samarali usullarini taklif eta olgan bo‘lardi.

Ko‘proq yangiliklar: