Rossiya o‘rtacha maoshi 2015 yilda 34 foizga pastladi

Iqtisodiyot 16:14 / 24.05.2016 3153

2015 yilda rossiyaliklarning o‘rtacha maoshi Belorussiya va Qozog‘iston darajasiga tushib qolgan. Bu ma'lumotlarni aholining ijtimoiy-iqtisodiy vaziyati hamda ijtimoiy kayfiyati may oyi Monitoringida Iqtisodiyot oliy maktabi (IOM) hisoboti tasdiqlaydi

IOM analitiklari o‘rtacha maosh ko‘rsatkichini valyuta kursi almashinuviga asoslanib belgiladi. 2015 yil Rossiyada o‘rtacha maosh Amerika valyutasiga o‘girganda 558 dollarni tashkil etdi. Bu esa  2014 yil ko‘rsatkichi bilan taqqoslaganda 34 foizga past. Shunday qilib, Rossiya o‘rtacha maoshi 2015 yilda Qozog‘iston (549 dollar), Ozarbayjon (431 dollar) va Belorussiya (415 dollar) darajasiga tushib qoldi.

Ko‘proq yangiliklar: