Binoli Yildirim Dovuto‘g‘li o‘rniga Turkiyaning yangi bosh vaziri bo‘ladi

Jahon 19:19 / 22.05.2016 10122

Turkiya hukmron partiyasi bo‘lmish Adolat va taraqqiyot partiyasi delegatlari 22 may kuni navbatdan tashqari s'yezdi yakunlari bo‘yicha Binoli Yildirimni o‘zlariga yangi rais etib saylashdi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatgan.

60 yoshli Yildirim Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning yaqin safdoshi hisoblanadi va u avvaldan bu lavozim uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rilayotgandi. U endilikda 2 hafta oldin Turkiya bosh vazirligidan iste'fo bergan Ahmad Dovuto‘g‘lining o‘rnini egallaydi.

AR nashrining qayd etishicha, Dovuto‘g‘lidan farqli o‘laroq Yildirimda Erdo‘g‘an bilan fikrlar borasida qarama-qarshilik yo‘q.

Ahmad Dovudo‘g‘li 2014 yilning avgustida Turkiyadagi ilk prezidentlik saylovlarida Rajab Toyib Erdo‘g‘an g‘alaba qilishi ortidan uning o‘rniga hukmron partiyaga rahbar bo‘lgandi.

Joriy yilning 5 mayida Dovuto‘g‘li prezident bilan kelishmovchiliklar fonida o‘z iste'fosi haqida ma'lum qildi.

Turkiyadagi siyosiy an'anaga ko‘ra, hukmron partiya rahbari mamlakat bosh vaziriga aylanadi.

Ko‘proq yangiliklar: