Avstriyadagi firma "pishloqsevar" sarmoyadorlarni qidirmoqda

Iqtisodiyot 15:37 / 22.05.2016 3524

Avstriyaning Kaslab'n Nockberge firmasi sut mahsulotlari ishlab chiqarishga daromadni pishloq ko‘rinishida olishga rozi bo‘ladigan sarmoyadorlarni qidirmoqda

Kaslab'n Nockberge organik sut mahsulotlari ishlab chiqarish birinchi kooperativi ayni paytda Avstriyaning Radentayn shahrida qurilmoqda. Loyiha asoschilari daromadni pishloq ko‘rinishida olishga tayyor sarmoyadorlarni izlamoqda. 

Taxminlarga ko‘ra, loyiha qiymati 2,5 million yevroni tashkil etadi. Bu haqda The Local xabar qilgan. 

Kooperativ tarkibiga Mishel Kershbaumer yetakchiligidagi 15 nafar fermer kiradi. Uning aytishicha, ushbu sarmoya modeli ko‘plab mamlakatlarda muvaffaqiyat qozongan. 

Loyihaga tikilgan puldan olinadigan foyda 2 foiz bo‘ladi hamda yiliga bir marta “pishloq birligi” ko‘rinishida to‘lanadi. Shunday qilib, sarmoyadorlar ferma do‘konlarida naqdlashtirish mumkin bo‘lgan vaucherlarni qo‘lga kiritadi. 

Sarmoyadorlar o‘zi xohlagan paytda pullarini qaytarib olishlari mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: