Coca-Cola Venesuelada shakar yetishmayotgani sababli o‘z mahsulotini ishlab chiqarishni to‘xtatmoqda

Iqtisodiyot 22:14 / 21.05.2016 5223

Coca-Cola kompaniyasi shakar yetishmayotgani sababli Venesuelada shirin gazlangan ichimliklarni ishlab chiqarishni to‘xtatmoqda, deb xabar bermoqda Sky News nashri.

Biroq kompaniya shakar qo‘shilmaydigan boshqa mahsulotini ishlab chiqarishda davom etadi.

Ta'kidlanishicha, o‘tgan oyda Venesuelada oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi Empresas Polar kompaniyasi xorijdan keltiriladigan arpaning yetishmayotgani sababli pivo ishlab chiqarishni to‘xtatgandi.

Venesuela neft narxi pastligi sababli jiddiy iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda. Shuningdek, mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligi kuzatilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: