Amerika-O‘zbekiston hamkorlikda sintetik yoqilg‘i ishlab chiqaradi

Iqtisodiyot 16:14 / 20.05.2016 11984

Amerikaning Jackco Technology Group kompaniyasi O‘zbekistonda ko‘mirdan sintetik syultirilgan yoqilg‘i ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni tayyorlashda ishtirok etadi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” xolding kompaniyasi matbuot xizmati ma'lumotiga tayanib Sputnik xabar qildi

“Jackco Technology Group hamda O‘zbekneftgaz milliy xolding kompaniyasi bugun O‘zbekistonda CTL loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni imzoladi”, - aniqlik kiritdi matbuot xizmati vakili. Hujjat “O‘zbekiston neft va gazi: OGU-2016” Xalqaro 20-forumi doirasida imzolandi. Eslatib o‘tamiz, ko‘rgazma Toshkentda 18-20 may kunlari bo‘lib o‘tmoqda. 

Manbaga ko‘ra, ushbu loyiha yiliga 200 ming tonnagacha neft mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi. 

2012-2013 yillarda O‘zbekiston Toshkent viloyati “Apartak” buroko‘mir kesmasida 700 million dollar qiymatli CTL zavodi qurilishi ustida ishlashni boshlagandi. Reja bo‘yicha, zavod yiliga 2,2 million tonna ko‘mirni qayta ishlashi va 700 ming tonnagacha dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarishi nazarda tutilgan. Biroq qazib olish joyida zarur miqdordagi ko‘mir bo‘lmaganligi sababli keng miqyosdagi loyiha bekor qilingan edi. 

O‘zbekiston ko‘mir sohasini modernizatsiya qilish hamda 2021 yilga kelib ko‘mir qazib olishni 17,2 million tonnagacha oshirishni maqsad qilgan (2012 yil yakuniga ko‘ra, 3,85 million tonna). 

Neft-gaz sohasining qator ekspertlari fikriga ko‘ra, so‘nggi sakkiz yil davomida uglevodorodlar qazib olish mo‘'tadil tizimda kamaygani evaziga O‘zbekiston qo‘shimcha manbalardan yoqilg‘i qazib olish uchun qidiruvni kuchaytirdi.

Ko‘proq yangiliklar: