Putinning maslahatchisi rubl arzonlashuvida Markaziy Bankni aybladi

Iqtisodiyot 18:04 / 19.05.2016 6858

Rubl kursi 2,5 barobarga pasaydi. Bu haqda 19 may kuni Rossiya prezidenti maslahatchisi Sergey Glazev so‘zlariga asoslanib TASS xabar qildi

“Rublning bunday keskin o‘zgarishiga tayinli asos yo‘q. Mustahkamlik zaxirasi katta, uni istalgan darajada mo‘'tadillashtirish mumkin edi. Glazev Rossiyaning oltin valyuta zaxirasi rubl pul bazasidan ikki barobar ortiqligini eslatdi. Demakki, Rossiya Banki kursni osongina barqarorlashtirish mumkin edi. Agar shu amalga oshirilganda, “import aralashuvi samarasi yuqorilab ketgan bo‘lardi”, - deydi maslahatchi.

Prezident maslahatchisi, shuningdek, Markaziy Bankni Rossiyaning Yevroosiyo iqtisodiy uyushmasi mamlakatlari bilan integratsiya jarayoni sustlashganida aybladi. 

19 may kuni Moskva vaqti bilan soat 14:47da Moskva birjasida bir dollar 66,48 rubl, bir yevro – 74,53 rublga teng.

Ko‘proq yangiliklar: