Navoiy viloyatida g‘allani nobudgarchiliksiz yig‘ib olish maqsadida 100 kombayn tayyor holatga keltirildi

Iqtisodiyot 21:31 / 18.05.2016 3641

Joriy yilda viloyat fermerlari 40 ming 600 gektar yerda g‘alla parvarishlamoqda. Shuningdek, Xatirchi va Nurota tumanlaridagi 2 ming 800 gektar maydonda lalmi bug‘doy yetishtirilayotir. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Viloyatda asosan “Asr”, “Nota”, “Grom”, “Andijon-2” va “Matonat” kabi bug‘doy navlari parvarishlanadi, – deydi Navoiy viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Ziyovuddin Boboqulov. – Yetishtirilayotgan g‘allani nobudgarchiliksiz yig‘ib olish maqsadida 100 kombayn tayyor holatga keltirildi. Mavsumda qo‘shimcha 8 yangi kombayn o‘rimga jalb etiladi.

Zamonaviy texnikalar fermer uchun keng imkoniyatlar yaratadi, – deydi “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” aksiyadorlik lizing kompaniyasi viloyat filiali yetakchi mutaxassisi Umar Qurbonov. – 2015 yilda viloyat fermerlariga kompaniya tomonidan 9,5 milliard so‘mlik 153 zamonaviy texnika lizing asosida yetkazib berildi. Joriy yilda qariyb 13 milliard 300 million so‘mlik  150 texnika xarid qilish rejalashtirilgan. Ayni paytda 43 qishloq xo‘jalik texnikasi imtiyozli lizing asosida fermerlarga yetkazib berildi.

Ko‘proq yangiliklar: