2016 yilda 29ta AQSh neft kompaniyasi inqirozga uchradi

Iqtisodiyot 12:49 / 17.05.2016 6080

Neft 2016 yilning fevral oyi o‘rtalaridan buyon tannarxining 80 foiziga ko‘tarilgan bo‘lishiga qaramasdan, tobora ko‘proq Amerika kompaniyalari qora oltin narxi pasayishidan aziyat chekmoqda. Bu haqda CNN kanaliga tayanib RIA Novosti xabar qildi. 

“Bu achchiq haqiqat: neft narxi juda kech barqarorlashdi, qarzga ko‘milib ketgan ko‘pchilik Amerika kompaniyalarini endi qutqarib bo‘lmaydi”, - bildirdi CNN. 

16 may kuni AQShning eng yirik neft kompaniyalaridan biri SanRidge Energy bankrotlikka uchragani to‘g‘risida e'lon qildi.

CNN ma'lumotiga ko‘ra, kompaniyaning kreditorlardan qarzi taxminan to‘rt milliard dollardan iborat. 

Bir hafta avval Amerikaning boshqa neft kompaniyasi - lINN Energy 10 milliard dollarlik qarz bilan inqirozga uchraganini ma'lum qilgandi. 

Yakshanba kuni neft razvedkasi hamda neft qazib olishga ixtisoslashgan Breitburn Energy Partners kompaniyasi ham bankrotlikni rasmiylashtirayotgani to‘g‘risida e'lon qilgan bo‘lsa, o‘tgan haftada slanetsli neft qazib oluvchi Penn Virginia kompaniyasi inqirozga uchraganini bildirdi. 

Shunday qilib, neft narxining o‘sishiga qaramasdan neft kompaniyalari ishlab chiqarishning kamaygani bilan bog‘liq daromadning pasayishi muammosi bilan kurashda davom etishga majbur. 

CNN telekanalining aniqlik kiritishicha, ushbu kompaniyalar neft narxi 1 barrel uchun 100 dollardan baland bo‘lgan paytlarda yirik miqdordagi qarzga botgan. 

Haynes and Boone huquqiy firma ma'lumotiga ko‘ra, shu yilning o‘zidayoq 29ta neft va gaz kompaniyalari o‘z bankrotlikka uchragani to‘g‘risida ma'lum qilgan. 

SOLIC Capital konsalting firmasi direktori Jorj Kutsonikolis nuqtai nazari bo‘yicha, yaqin vaqtlar ichida ushbu sohada, ayniqsa uncha katta bo‘lmagan firmalarni yana inqirozlar kutmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: