Maduro Venesuela iqtisodiyotidagi favqulodda holatni yana uzaytirdi

Iqtisodiyot 09:47 / 14.05.2016 3537

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakat iqtisodiyotidagi favqulodda holat tartibini yana 60 kunga uzaytirdi, deb xabar qilmoqda Noticias24 telekanali. 

Shunday qilib, favqulodda iqtisodiy holat to‘g‘risidagi farmon muddati "mamlakatdagi ijtimoiy barqarorlikni muhofaza qilish uchun jami 120 kunga amal qiladi". 

Maduroning qayd etishicha, ushbu tartib qabul qilinganidan beri 21ta qaror qabul qilingan. Ular asosan, mamlakatdagi ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash hamda go‘yoki davlat rahbariyatiga nisbatan olib borilayotgan "iqtisodiy urush"ga qarshi kurashga yo‘naltirilgan. 

Ta'kidlash lozim, Venesueladagi vaziyat, mahsulotlar tanqisligi, pulning keskin qadrsizlanishi va neftning arzonlashuvi sababli davlat daromadlarining pasayishi bilan tobora jiddiy tus olmoqda. Bundan tashqari, muxolif parlamenti ish boshlagach, ijro va qonun chiqaruvchi davlat organlari o‘rtasidagi inqiroz ham iqtisodiy ahvolga salbiy ta'sir etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: