Apple Xitoy taksi ilovasiga 1 mlrd dollar sarmoya kiritadi

Iqtisodiyot 09:30 / 13.05.2016 2792

Taksi buyurtma berish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi Didi Chuxing tomonidan ma'lum qilinishicha, u Amerika Apple korporatsiyasining 1 mlrd dollarlik sarmoyasini jalb etishga muvaffaq bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Fortune.

Didi Chuxing kompaniyasida aniqlik kiritishlaricha, jami sarmoyalar hajmi 2 mlrd dollardan oshib ketishi mumkin.

«Didi innovatsiyaon namuna bo‘lib xizmat qilmoqda. Biz, ular yaratgan biznesdan ta'sirlandik. Ular shuningdek, ajoyib jamoa va rahbariyatni tashkil eta olishgan. Biz ularni ayni bosqichda qo‘llab-quvvatlamoqchimiz», — deb bayonot bergan Apple rahbari Tim Kuk.

Apple sarmoyalari Xitoydagi Uber bilan raqobatda Didi Chuxing kompaniyasiga yordam berishi kerak. Biroq, Xitoy kompaniyasining vakili ta'kidlashicha, Apple Didi Chuxing direktorlar kengashida o‘rin olmaydi. 

Avvalroq, Britaniyaning Daily Mail gazetasi Foxconn va Pegatron xodimlari istiqomat qiladigan umumiy uylar suratlarini namoyish etgan edi. Ayni kompaniyalar Apple mahsulotlarini yig‘ish bilan shug‘ullanadi.

Ko‘proq yangiliklar: