Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan 20ta yirik loyiha bo‘yicha 182,4 mln dollarlik investitsiya o‘zlashtiriladi

Iqtisodiyot 09:09 / 12.05.2016 7995

15 yildan buyon O‘zbekiston prezidentining maxsus farmoniga muvofiq har yili may oyining uchinchi yakshanbasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni sifatida keng nishonlab kelinadi.

Shu munosabat bilan Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamoasi sanani munosib kutib olish maqsadida, o‘tgan yillar davomida sohada amalga oshirilgan ishlar sarhisobini e'lon qildi.

Xususan, kombinat ulkan bunyodkorlik va iqtisodiy yuksalishlar yo‘lini bosib o‘tdi. “Modernizatsiya-yuksak samaradorlik omili” mavzusidagi matbuot anjumanida kombinat tomonidan amalga oshirilgan bu yo‘nalishdagi tadbirlar, istiqbolli loyihalar samarasi hususida ma'lumot berildi.

Hozirgi kunda qariyb 60 ming nafar turli kasb egalari mehnat qilayotgan kombinat qudratli ishlab chiqarish obektlari va o‘z infratuzilmasiga ega gigant korxona hisoblanadi.

"Mamlakatimiz iqtisodiyotida yetakchi mavqega ega bo‘lgan kombinatda eng zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan gidrometallurgiya zavodlari, qizilqum fosforit majmuasi, «Gujumsoy», "Aristantau" oltin konlari, «Sugrali», "Istiqlol" kabi uran konlaridan foydalaniladi. Kombinatda asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari buyicha barcha rejalar muntazam bajarib kelinayapti",  deydi Navoiy kon-metallurgiya kombinati investitsiya departamenti bo‘limi boshlig‘i Abdulla Hursanov.  

Uning aytishicha, shuningdek, kon-metallurgiya sanoatini rivojlantirish maqsadida hukumat tomonidan ma'qullangan istiqbolli loyihalar o‘z samarasini bermoqda. Masalan, o‘tgan yilgi Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 245 million dollardan ortiq, mablag‘ evaziga 10ta loyiha foydalanishga topshirildi. Joriy yildagi Investitsiya dasturi doirasida esa kombinat buyicha umumiy qiymati 963,8 mln dollar hajmida 20ta loyiha kiritilib, 182,4 mln dollar investitsiyalar o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, dam olish maskanlari qurilishi, "Ona va bola" skrining markazi barpo etilishi, suv bilan davolash profilatoriysini ishga tushirish tadbirlari ham boshlab yuborilgan.

Ko‘proq yangiliklar: