YeTTB: O‘zbekiston iqtisodiyoti 2016 yilda 6,5 foizga o‘sadi

Iqtisodiyot 13:47 / 12.05.2016 7510

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonning 2016 yilgi YaIM o‘sishi sur'atlariga oid prognozlarini 7,2 foizdan 6,5 foizga pasaytirdi. 
«YeTTB mamlakatlarida mintaqaviy iqtisodiy istiqbollar» hisobotida shu haqda so‘z yuritilgan.

Bank ekspertlari taxminlariga ko‘ra, joriy yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 6,2 foizga o‘sadi. 

Bankning qayd etishicha, O‘zbekiston YaIM 2015 yilda 8 foizga o‘sgan. Moliya muassasasi ma'lumotlariga ko‘ra, prognozning pasaytirilishiga pul o‘tkazmalarining qisqarishi, jahon bozorlaridagi narxlarning arzonlashuvi hamda milliy tuzilmalardagi muammolar asos bo‘lgan. 

YeTTB 2016 yilda O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 9 foizni tashkil etishini taxmin qilmoqda. Bu holat 2017 yilda ham saqlanib qoladi.

Ko‘proq yangiliklar: