Toyota’ninng 2015 moliya yilidagi sof daromadi 6,4 foizga o‘sdi

Iqtisodiyot 14:07 / 11.05.2016 2422

Yaponiyaning eng yirik avtomobilsozlik kompaniyasi hisobotida ma'lum qilinishicha, Toyota Motor avtokonserni va uning tarkibiga kiruvchi sho‘'ba korxonalarining o‘tgan 2015 moliya yilidagi (2016 yil martida yakunlangan) sof daromadi yillik ifodada 6,4 foizga o‘sib, 2,31 trln iyenani (21,3 mlrd AQSh dollari) tashkil etgan. 
Korporatsiya ma'lumotlariga ko‘ra, bunday ijobiy natija milliy valyuta iyena kursining dollarga nisbatan pastligi va xorijiy mamlakatlardagi savdolarning yuqori ko‘rsatkichi bilan izohlanadi. 

"Shubhasiz, iyenaning rasmiy kursi biz uchun ijobiy ta'sir etdi, biroq bu yil vaziyat tubdan o‘zgardi", - degan kompaniya prezidenti Akio Toyeda matbuot anjumanida.
Toyota va sho‘'ba korxonalarining savdo ko‘rsatkichi yillik hisobda 4,3 foizga o‘sib, 28,4 trln iyenani (261,8 mlrd dollar) tashkil etgan. Bundan avvalroq, yapon avtogiganti 2015 moliya yilidagi sof daromadi 2,8 trln iyenadan (25,8 mlrd dollar) iborat bo‘lishini bashorat qilgan edi. 

Shuni ham alohida qayd etish kerakki, Toyota to‘rtinchi yilki dunyoning eng yirik avtomobil sotuvchisi maqomini saqlab qoldi. U jahon bo‘ylab, 10,15 million dona mashina sotishga muvaffaq bo‘lgan. Ammo 2016 yil boshidan beri kompaniya bir necha marotaba ishlab chiqarishini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. 

Xususan, po‘lat quyuvchi zavodlardan birida ro‘y bergan yong‘in hamda Kyusyu orolida bir necha marta sodir bo‘lgan kuchli yer silkinishlaridan so‘ng, avtomobil ishlab chiqarish vaqtincha to‘xtatilgan edi. Bundan tashqari, iyena kursi qariyb 10 foizga mustahkamlandi. 

Shu sababli, kompaniya taxminlariga ko‘ra, uning 2016 moliyaviy yilidagi sof daromadi 35 foizga tushib, 1,5 trln iyenani (13,8 mlrd dollar) tashkil etishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: