XXR 2018 yilgacha mamlakat transport infratuzilmasiga 721 mlrd dollar kiritadi

Iqtisodiyot 11:14 / 11.05.2016 3412

Xitoy hukumati 2018 yilgacha mamlakat transport infratuzilmasi inshootlarini barpo etish maqsadida 4,7 trln yuan (721 mlrd AQSh dollari) sarmoya kiritadi, deb xabar qilmoqda "Tszintszi tsankao bao" nashri.

"Ushbu mablag‘lar, birinchi navbatda, temir va avtomobil yo‘llari, dengiz ko‘priklari hamda aeroportlar barpo etishga sarflanadi", - deb XXR islohotlar va taraqqiyot davlat qo‘mitasi qaroridan iqtibos keltiradi gazeta. 

Hujjatda qayd etilishicha, Xitoy hukumati nafaqat mamlakat ichida balki boshqa davlatlar bilan ham transport aloqasini rivojlantirishni rejalagan. 

Ta'kidlash kerak, Xitoy transport sohasida temir yo‘llari muhim ahamiyat kasb etadi. 2015 yilda Xitoy poyezdlari 2,5 mlrd yo‘lovchini tashigan - bu bir yil avvalgi qo‘rsatkichdan 10 foizga ko‘p demakdir. 

Umuman, 2015 yilning 11 oyida Xitoy transportida o‘sish 4,3 foizni tashkil etgan, 41 mlrd tonna yuk tashilgan. Bunga, birinchi navbatda, avtomobil transporti vositasida tashilgan yuk hajmining 6,2 foizga o‘sib, 32,2 mlrd tonnani tashkil etgani katta hissa bo‘lib qo‘shilgan. Aviatashuvlar vositasida 5,66 mln tonna yuk tashilib, undagi o‘sish 5,2 foizdan iborat bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: