O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati tomonidan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Jamiyat 16:33 / 10.05.2016 3683

Toshkentdagi G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida «Sog‘lom bola – kelajagimiz» shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda.  

  Tadbir O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati tomonidan tashkil etildi. Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, san'atkorlar, yoshlar ishtirok etdi. 

  O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati raisi H.Karimov «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturi doirasida yosh avlod kamolotiga yo‘naltirilgan qator tibbiy-ijtimoiy loyihalar amalga oshirilayotganini ta'kidladi.   

  Tadbir doirasida Qizil yarim oy jamiyatining insonparvarlik faoliyatiga oid lavhalar namoyish etildi, donorlik bo‘yicha maxsus aksiya uyushtirildi. Ta'lim muassasalarida tashkil etilgan «Salomatlikning yosh do‘stlari» to‘garaklari o‘rtasidagi tanlovning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘proq yangiliklar: